sig‘
bilan ulashing
1. Jo boʻlmoq, joylashmoq, ketmoq.
-
Koʻp narsa sigʻadigan idish. Quchoqqa sigʻmaydigan daraxt. Bir qoʻltiqqa ikki tarvuz sigʻmas. Maqol
-
Bu yerda olib tushaman. Qanday beda deng, bogʻi quchoqqa sigʻmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Loyiq, mos kelmoq (kiyim, poyabzal haqida).
-
Etik oyogʻimga sigʻmadi.
3. Bemalol kirmoq, oʻtmoq.
-
Ip ignaning teshigiga sigʻmadi.
-
Zindon yonidan bir arava sigʻadigan tor koʻcha oʻtgan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Oʻziga panoh topmoq, bemalol, xotirjam yashamoq, turmoq.
-
Undan chiqib qayoqqa, kimnikiga boraman, kimning uyiga sigʻar edim. A. Qahhor, Maston
-
Oʻz yurtingga sigʻmay, bunda kelasan, Darbadar boshingga balo boʻlasan. Shirin bilan Shakar
-
Avaz oʻz uyiga sigʻmay qoldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5. koʻchma Toʻgʻri kelmoq, mos boʻlmoq.
-
Ustozlar turganda, oʻzi haqida soʻzlash sharqona odobga sigʻmaydi. Gazetadan
-
U nobakor yaqinda bir gʻayridin ojizaga uylanmish. Bu ishi endi hech qaysi nizomga sigʻmaydi! K. Yashin, Hamza
sig‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqlga sigʻmaslik
-
Chunki, sen aytgandek, besh-olti kunda Qoʻqonga borib kelish sira aqlga sigʻmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Gap sigʻmaslik
-
Sharofat oraga boshqa gap sigʻmasligini koʻrib: — Bolamni olib ketgani keldim,— dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ichiga sigʻmaslik
-
Hamza shu asnoda yuz bergan dahshatli manzarani koʻrib ezilib ketdi, u tutaqar, gʻazabi ichiga sigʻmay gʻijinar, taqa-taq qilib oʻtib borayotgan vagonlardan koʻz uzmasdi. K. Yashin, Hamza
Koʻngliga (yoki diliga) sigʻmaydi
Peshonasiga sigʻmadi
-
Oying farishta edi, qizim. Nima qilaylikki, peshonamizga sigʻmadi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
Tasvirga (yoki taʼrifga) sigʻmaydi
-
Goʻzalligi taʼrifga sigʻmaydi.
-
Toshkent tongotari naqadar goʻzal, Chiroyli, tasvirga sigʻmas, sermazmun. Gʻayratiy
Terisiga sigʻmay
-
Ular [yigitlar] qoplarini toʻldirib, terilariga sigʻmay, olma-uzum olib kelayotganida, moʻgʻullar ushlab oldilar-da, quloq-burunlarini kesib, qoʻyib yubordilar. M. Osim, Oʻtror
-
Mavlono Sohib Doro jiyanining abjad hisobini yaxshi oʻrganib olganini, fahm-farosati oʻsganini koʻrib, terisiga sigʻmay ketdi. M. Osim, Sehrli soʻz
Xayolga sigʻmaydigan
Yuragiga sigʻmaydi
-
Oʻz yuragingga sigʻmagan sir oʻzganing yuragiga sigʻmas. Maqol;
-
Qoʻlidan gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻir gapdan boshqa ish kelmaydigan bu odamning lip etib kirib kelaverishi keyingi vaqtda Qudratillaxoʻjaning yuragiga sigʻmay qolgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar
Yuragiga (yoki koʻngliga, diliga) qil (ham) sigʻmaydi
-
Umrini halol, begunoh oʻtkazgan yigitning hozir koʻngliga qil sigʻmaydi. S. Ahmad, Hukm
Haddi sigʻmaslik
-
Mozorga til tekkizishga qanday hadding sigʻdi, murtad?! K. Yashin, Hamza
SIG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sig‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar