sichqon
bilan ulashing
1. Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon.
-
Shu payt ammamning yaqinda bolalagan targʻil mushugi, ogʻzida sichqon tishlagancha, uyga kirib ketdi. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Qayerdadir yulgʻun tagida choʻl sichqonimi, nimadir nogoh shitirladi-yu, Zulxumor choʻchib tushdi. M. Mansurov, Yombi
2. Muchal yil hisobida birinchi yil nomi.
-
Uning yili — sichqon.
sichqon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sichqoncha
Sichqon yili
Arslonning oʻligi — sichqonning tirigi
Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga
Sichqon surdi
-
— Hamzaxonni bugun-erta sichqon surdi qilib, koʻchaga olib chiqamiz, xolajon, xudo xohlasa, — dedi Umar polvon qoʻlidagi tugunni Jahonbuviga uzatib. K. Yashin, Hamza
Sichqonning ini ming tanga
-
Madrasalar ham jimjit, falakiyot mudarrislari, handasa-yu riyoziyot mullolari uchun sichqonning ini ming tanga boʻlib ketgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
SICHQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЧҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sichqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar