bo‘ya
bilan ulashing
1. Rang bermoq, boʻyoq surtib bezamoq.
-
Xonaning shifti va devorlari koʻhsiz, lekin yaltiroq boʻyoqlar bilan boʻyalgan. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Sochi erkakcha qirqilgan labini shundogʻam boʻyaganki, xuddi pomidor tishlab kelayotganga oʻxshaydi. S. Ahmad, Saylanma
2. Biror narsa bilan qoplab, tusini oʻzgartirmoq, boshqa tusga kiritmoq.
-
Chang butun mahallani: tomlarni ham, devorlarni ham, suvsizlikda qaqrab qolgan yakkam-duk-kam daraxtlarni ham bir xildagi jonsiz, oqish rangga boʻyardi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. Belamoq, bulgʻamoq, botirmoq.
-
Poʻlat ota, koʻkragi qip-qizil qonga boʻyalib, gurs etib yiqildi. K. Yashin, Hamza
-
Oʻtlarini boʻyamas tabarruk qonga, Tuproqni muqaddas rangga boʻyamas. X. Davron, Qaqnus
4. koʻchma Buzib, oʻzgartirib yoki yomon tomonlarini yashirib, yaxshi tomondan koʻrsatmoq; pardoz bermoq.
-
Haqiqatni boʻyamoq.
-
Gʻofir boʻlsa, barcha soʻzlarim Murotaliga maʼqul boʻlayotir, deb koʻnglidan oʻtkazdi-da, Oyqiz bilan boʻlgan suhbatini anchagina boʻyab koʻrsatdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Koʻplab aytding soʻzingni, Lekin boʻyab aytmading. Sharq yulduzi
bo‘ya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz boʻyamoq
BO‘YA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘ya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar