shipilla
bilan ulashing
1. Ship-ship qilmoq; shitirlamoq.
-
Hovlida daraxt shoxlari shipillab, qizni chorlaganday boʻldi. J. Saʼdullayev, Qiz orzusi
-
Vaqt ham allamahal boʻlib qolgan, butun kasalxona uyquda. Faqat ahyon-ahyonda shipillagan oyoq tovushi eshitilib qoladi. X. Toʻxtaboyev, Sadoqat
2. Yengil va tez-tez qadam tashlamoq, yengil va tez-tez yurmoq; zipillamoq.
-
— Laylatulqadr bizlarni izzat qilib, oʻz oyogʻi bilan uyimizga kirib kelgan ekan. Ana, hozir shipillab chiqib ketdilar, — dedi Sharifa buvi eriga. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
-
U [Xayri xola] hasharchilarni alqay-alqay, shipillagancha qoʻrgʻonchaga kirib ketdi. M. Osim, Tilsiz guvoh
SHIPILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИПИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shipilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar