shinavanda
bilan ulashing
1. Biror narsaga nihoyatda ixlos qoʻygan; ixlosmand, ishqiboz, muxlis.
-
Futbol shinavandasi. Kurash shinavandalari.
-
Tomosha zali sanʼat shinavandalari bilan liq toʻlgan edi. Gazetadan
-
Qoʻshni xonadan shaxmat donalarining taxtaga taq-tuq urilgani, qoʻli baland shinavandaning xursand ovozi eshitildi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Biror ish, kasb-hunarga mehr qoʻygan, uni yaxshi biladigan, omilkor, hadisini olgan.
-
Shoʻr yerlarning piri, tashlandiq yerlarning mirishkori, oʻz kasb-korining shinavandasi Tursunboy bormasa, kim boradi ? M. Muhamedov, Hamqishloqlar
-
Tinim bilmas texnika shinavandalari ishlab chiqarishga joriy etayotgan yangiliklar bir daryo boʻlsa, yuqorida eslatganimiz undan qatradir. Gazetadan
3. Kishi bilan dildan suhbatlashadigan, elakishib ketadigan.
-
Qutbiddinovning feʼli aynidi, yaʼni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilgisi keldi. A. Qahhor, Asarlar
-
U oʻrta yoshli, xiyla toʻlaligidan boʻyi past koʻrinadigan, odamga tez elakishib ketadigan shinavanda kishi edi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
4. Ulfat uchun \yech narsani ayamaydigan, ulfatchilikni oʻrniga qoʻyadigan; odamshavanda.
-
Foziljon hali yosh boʻlishiga qaramay, oʻzini ulfat koʻrgan shinavandalardek tutardi. F. Musajonov, Nozik masala
-
Bunaqangi shinavanda odam kam boʻladi, ha. Ol-tin yigit. Doʻst uchun jonini ham ayamaydi. Mushtum
SHINAVANDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИНАВАНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shinavanda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar