shinam
bilan ulashing
1. Kishining bahridili ochiladigan, koʻrkam; ixcham va qulay (joy haqida).
-
Shinam xona.
-
Oxirgi bekatda shinamgina choyxona ham bor ekan. N. Fozilov, Diydor
-
Qatortolliklar chiroyli va shinam uylarni koʻrgach, yuraklari sevinch-quvonch bilan toʻlib-toshdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Kavushdoʻz Isoq otaning shahar tash-qarisida uch tanob keladigan shinam bogʻi bor. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Bogʻda hovuz boʻylaridagi shinam shiyponlarga yozilgan dasturxonlar yozilganicha qolib ketibdi. O. Yoqubov, Diyonat
2. Yarashib tushgan; yarashiqli, ixcham.
-
Qabulga kelgan qiz shinamgina tuflisining baland poshnalarini taqillatib, stul oldiga yurib keldi-da, atlas koʻylagining etaklarini astagina yigʻishtirib, noz bilan stulga oʻtirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Boʻlis bularning hammasini yaxshi taniydi, biroq Oʻtapning yonida oʻtirgan oʻrta boʻyli, ozgʻingina, shinam kiyingan yigit unga notanish. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Bu zavq Duldulbekning goʻshtdor sholgʻom burnini ham chimchilab qoʻygandek shinam va goʻzal qilib koʻrsatardi. Mirmuhsin, Soʻgal
3. Xush yoqadigan, yoqimli, maroqli.
-
Uning shinam ovozi goʻyo “Koʻcha bogʻi“ uchun, Koʻcha bogʻining maftunkor ohangi esa Gʻulomjon uchun yaratilgandek yangrar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Yashil uvatlarda zavqli qoʻshiqlar, Shavqli hangamalar boʻlar koʻp shinam. Gʻ. Gʻulom
SHINAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИНАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shinam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar