shinak
bilan ulashing
1. eskirgan 1 Shahar, qalʼa, qoʻrgʻon kabilar devoridan dushmanni kuzatish va otish uchun qilingan maxsus tuynukcha.
-
Qoʻrgʻon burchidagi shinak orasidan uzun boʻyli, qora soqolli bir kishining otashin nazari uzoqlarga tikilgan edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Atrofini oʻragan devordan oʻq otish uchun shinaklar qoʻyilgan. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
2. Dushmanni kuzatish va undan saqlanish mumkin boʻlgan pana joy.
-
Yarogʻ olmay qolganlardan ehtiyot qism tayyorlab, shinak orqasiga qoʻydi, xotinlardan shafqat hamshiralari toʻdasi tuzdi. S. Ayniy, Qullar
-
Shinakka yetganlarida, begimning koʻlidagi mashʼalasini oldi: — Ehtiyot boʻling, begim, yogʻiyga koʻrinmang! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
SHINAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shinak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar