taft
bilan ulashing
1. Issiqlik manbai yoki qizib turgan narsadan urayotgan issiq, harorat.
-
Tandirning tafti. Olovning tafti. Gulxan taftida isinmoq.
-
Kech kirib, havoning tafti qaytdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Moviy osmon tiniq va begʻubor, hali taxtga minmagan quyoshning tafti badanni kuydirmaydi. F. Musajonov, Himmat
2. Issiqlikdan koʻtarilayotgan bugʻsimon narsa; hovur.
-
Egatlardan jimir-jimir taft koʻtariladi. Qushlar koʻrinmaydi. S. Nurov, Narvon
3. koʻchma Shaxs yoki narsaning harorat darajasi holati; temperatura.
-
Suvning taftini bilgisi keldi shekilli, gʻoʻdir barmoqlarini botirdi. R. Rahmonov, Vosil aka
-
Shu tariqa tajriba ham toʻplana bordi, choʻl yerlarining tafti, maromini ham oʻrganib olishdi. Gazetadan
4. koʻchma Ijobiy taʼsirli, hayotbaxsh harorat, oʻt.
-
Hovlida odam borki, jon bor. Devordan tortib dov-daraxtgacha oshxonadan tortib donxonagacha, roʻzgʻor buyumlarigacha — bari odam tafti bilan tirik. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Bu satrlarning taftidan Zuhra begimning qalbiga yana issiqlik yugurdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. koʻchma Kishi ruhidagi yoqimsiz holat, gʻubor.
-
Ovqatdan oldin yuvinib chiqasizmi — sovuq suv odamning taftini bosadi. A. Qahhor, Ayajonlarim
-
Odam taftini odam oladi, deganlari shu-da, inim. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Diqqati oshib, dili qorongʻi boʻlib ketgan kezlarida chelakni shaftoliga toʻldirib, yotogʻimizga kelib qoladi. Bizni koyib-koyib, taftini yozib ketadi. S. Ahmad, Onajonlar
6. koʻchma Oʻzini yuqori olish, manmanlik kayfiyati.
-
Halima oʻsha Oyjamol opa kelib ketgandagi mojarodan keyin ancha taftidan tushgan, oʻzgara boshlagan edi. J. Abdullaxonov, Gulchehra
taft soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taft tortmaslik
-
Shuning uchun ular niyatlariga yetish yoʻlida ogʻirliklardan taft tortmadilar. M. Joʻra, Quyoshdan nur emganlar
TAFT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАФТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taft so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar