taftish
bilan ulashing
1. eskirgan Boʻlib oʻtgan ish, hodisa va shu kabilar yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruv, tergov, soʻroq, reviziya.
-
Rejali yillik taftish. Taftish komissiyasi.
-
[Navoiy:] Taftishlar shuni koʻrsatadiki, Yodgorbek qoʻzgʻolonida bu odamning ham qoʻli boʻlgan. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Oʻgʻlingiz sizdan yashirib, Hamza hojining bedin maktabiga qatnarmish deb eshitaman, shu rostmi? — Taftish qildim, taqsir, qatnar ekan. K. Yashin, Hamza
2. eskirgan Qidiruv, tintuv.
-
Oʻgʻrilar tutil-sin, dorga osilsin! Har bir xonadon taftish qilinsin. J. Sharipov, Xorazm
3. Biror muassasa yoki mansabdor shaxsning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining toʻgʻriligi, qonuniyligini aniqlash maqsadidagi tekshiruv.
-
Birinchi taftish yuzaki oʻtkazilgani haqida eʼtirozlar tugʻilgach, respublika agrosanoat komitetidan mutaxassis chaqirishdi. Mushtum
taftish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taftish qilmoq (yoki etmoq)
-
Partbyuro Ogʻajonning arizasini taftish etish yuzasidan komissiya tuzdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Eshmamat Ashurovning ish faoliyati taftish qilinganda, ming soʻmga yaqin kamomad aniqlandi, ish haqidan 2138 soʻm ortiqcha olingan. Mushtum
TAFTISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАФТИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taftish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar