boda
bilan ulashing
1. May, ichkilik, sharob.
-
Bodani aqlingdan gʻolib etmagil. Maqol
-
Alisher Navoiy yashagan davrda esa may, boda va har xil meva sharbatlari isteʼmol qilingan. Fan va turmush
-
Ikkovi ham bir qadahdan boda ichgandek, atrofdagi narsalarni koʻrmas edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
2. Argʻuvon(iy) boda
3. 1) qizil rangli boda.
-
Qoʻlimda porlaydi argʻuvon boda. Guldasta
4. 2) kun botish paytidagi samoviy qizillik.
-
Quydi ufqning piyolasiga Argʻuvoniy bodasini shom. Yoshlik
boda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Visol bodasi yoki ishq bodasi
-
Eʼtibor boʻlsa agar — iltijosiz boʻlmagay, Sevadir, ishq bodasin bir kuni tutsa senga. E. Oxunova, Men tongni uygʻotdim
-
Mayparast etdi Habibiyni visoling bodasi. Habibiy, Devon
BODA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar