bod
bilan ulashing
kitobiy Shamol, yel.
-
Charxim qurgay aylanadi bod bilan, Meni yorim oshna boʻldi yot bilan. Qoʻshiqlar
-
Ey bod, yetkur yora salomim. Mashrab
bod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bodi sabo
-
Arzimni aytay bodi sabogʻa, Shoyad gapirgay ul gul qabogʻa. Muqimiy
-
Qiz baxtini kutar bodi sabodan. U — zaifa, ojiz emish, lol emish. Mushtum
Boʻgʻin va mushaklarning yalligʻlanishi (revmatizm, radikulit va shu kabilar kasalliklar).
-
eski dardi qoʻzib, belining bodi tutib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Sal sovuq tushdi deguncha, jonini egovlaydigan bod kasali tufayli ayvonga ham chiqolmay qolardi. Yoshlik
bot. Daraxtning bir xil turi.
-
Bogʻning ichida yaproqlari yongʻoqnikiga oʻxshash, mevasi gilosni eslatadigan bod daraxti oʻsyapti. 3. Akramov, Hindiston lavhalari
Tanda (oʻrish) iplarining bir-birini kesib (mingashib) turgan joyi.
BOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar