ohor
bilan ulashing
1. Ip, gazlama yoki kiyimga pardoz berish yoki qotirish uchun ishlatiladigan modda; kraxmal.
2. Shunday modda bilan yangi narsaga, kiyimga berilgan ishlov, pardoz.
3. koʻchma Obroʻ; hurmat.
-
Ori yoʻqning ohori yoʻq. Maqol
ohor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ohor bermoq
-
Chit toʻqilgandan keyin ohor beriladi. Buning uchun koʻp miqdorda kraxmal kerak. Oydin, Suhbati jonon
Ohori ketgan
-
Ohori ketgan doʻppi.
-
Nodir Sayhoniy har gal ohori toʻkilgan, atrofini kuya yeb, taqir qilib qoʻygan devorga osigʻliq gilamni koʻrganda, bu bevafo dunyo oʻzini xor-u zor boʻlib yurgan kishilarga oʻxshab koʻchaga irgʻitib tashlamagani uchun parvardigori olamga shukronaligini izhor qilardi. Yoshlik
Ohori toʻkilmagan
-
Boltavoy endi ohori toʻkilmagan beqasam toʻn oʻrniga yelkasiga yamoq tushgan guppi kiyadigan boʻldi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Uning [Elmurodning] soldatcha kamari hali ohordan tushmagan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Ohori toʻkilmagan gap.
Ohorini toʻkmoq
-
Ogʻzingizga qarab gapiring, oʻgʻlimning ohorini toʻkyapsiz. Oʻgʻlim sanʼatkorlarning sultoni boʻladi. Sh. Saʼdulla, Ikki bilaguzuk
OHOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҲОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ohor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar