ohu
bilan ulashing
1. Chiroyli qora koʻzli kiyik.
-
— Masalan, togʻlardagi ohular, oʻrmondagi toʻtilar, chamandagi bulbullar ham yolgʻiz emas, juft yashaydilar,— dedi Anvar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qoʻlini tortib, yana yuziga narda qildi va ohu chaqqonligi bilan yigit yonidan oʻtib, shipillaganicha yugurib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. koʻchma. Nozik, sergak mahbuba.
-
Xayr endi Qalbimda bir vido qoldi, Xayr endi, sen ketding, begunoh ohu. A.Oripov, Yillar armoni
-
Muhabbatim, qaydasan, qalb ar-dogʻim, Jayron koʻzim, qirlarda qolgan ohum. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
ohu soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ohu koʻz
-
Uning ohu koʻzlarida na magʻrurlik, na bir boshqa maʼno bor edi, Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
OHU so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҲУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ohu so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar