ojiz
bilan ulashing
1. Jismoniy jihatdan kuchsiz; zaif, bequvvat, notavon.
-
Ojiz kampir.
-
Shunday kezlarda Siroj qandaydir notavon, ojiz bir kishiga aylanadi-da, boshini gʻamgin egib, soatlab joyidan qimirlamay qolardi. S. Zunnunova, Olov
-
Gulnor esa, oyoqda turishga ojiz, tinkasi qurigan bir xasta kabi, umidsizlik bilan yana sekingina oʻtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Biror ish qilish uchun hech qanday chora-iloj qoʻlidan kelmaydigan; ilojsiz, noiloj.
-
Isfandiyor deb atalmish yovuz va manfur MaxjiyK qarshisida hamma ojiz ekanligini oʻylab, battar ezildi. S. Siyoyev, Avaz
-
Madaminxoʻja uning koʻzlaridagi iltijoni tushundi, lekin xurofot, bidʼat oldida ojiz edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Birov birovga muruvvat qilishdan ojiz boʻlgan oʻsha zamonda Hamro ota va uning oilasiga oʻxshash insofli odamlar ham bor edi. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
3. koʻchma Qurbi, kuchi yetmaydigan, kuchsiz.
-
Toshkentimiz — bagʻri keng, goʻzal shahar. Uning taʼrifiga uncha-muncha qalam ojizdir. Gazetadan
4. Boʻsh, kuchsiz, past.
-
Yoʻl chetida boʻgʻziga pichoq tortilgan bir buqacha jon taslim qilayotgan boʻlsa kerak, orqa oyogʻini har zamon, bir ojiz silkitib qoʻyardi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
U [Qumri] yarani bogʻlayotgan-da, Botirali ojiz tovush bilan bir ingradi-yu, yana jimib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
5. Xira, kuchsiz; yorqin emas.
-
Fonarning xira shishasidan atrofga ojizgina qizgʻish shuʼla yoyildi. H. Gʻulom, Mashʼal
6. Koʻrish qobiliyatini qisman yoki batamom yoʻqotgan; koʻr.
-
Koʻzi ojiz odam,
-
Mayna Abduvahobning yoshlangan ojiz chap koʻziga, muloyim tikilib turgan oʻng koʻziga nazar tashladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Baʼzan tushlik ovqat vaqti, koʻpincha ishdan keyin, toʻrtta-beshta koʻzi ojiz erkak-ayollar yigʻilishib, oʻzaro gurunglashib qolishardi. Shukrullo, Saylanma
OJIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЖИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ojiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar