siypala
bilan ulashing
1. Silamoq, silab erkalamoq.
-
Men uning uzun, nozik barmoqlariga qaradim-u: Nasib qilsa, bir kuni mana shu barmoqlarni siypalab, tilla uzuk taqaman, deb qoʻydim ichimda. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Ushlab, silab koʻrmoq, silab tekshirmoq, paypaslamoq.
-
Davlatyorni chamadonning yaltiroq jezlari juda qiziqtirdi. Ularni qoʻllari bilan siypalab koʻrib: — Bu papkani hukumat berganmi yo sotib olganmisiz? — deb soʻradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma ayn. Siypamoq 2 (shabada, shamol haqida).
-
Koʻm-koʻk oʻtzorlar ichidan yoqimli shabada esdi-yu, qiz bilan yigitning yuzlarini siypaladi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Bahor shabadasi yuzni siypalab, koʻkatlarning hidini dimogʻga uradi. H. Nuʼmon, Fasllar
4. koʻchma Yashirishga, yumshatishga, bildirmaslikka urinmoq; xaspoʻshlamoq.
-
Xurshidaning iljayib, siypalab gapirishida qandaydir sir bor edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
SIYPALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЙПАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siypala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Tasodifiy so‘zlar
Hammasini ko‘rishYangi so'zlar
- iymanmoq
- gallyutsinatsiya (uydirma)
- token
- eliminatsiya
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)
- kraudsorsing