siyqa
bilan ulashing
1. Ishqalanaverib, surtilaverib sayqal topgan yoki yedirilib tep-tekis boʻlgan, sip-silliq.
-
Siyqa tosh. Siyqa chaqa.
-
Bu kun ham quyosh, xuddi sovqotayotgandek, osmonda bir muddat siyqa tanga kabi xira ya/tirab, koʻzdan yoʻqoldi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
Birovlar savdo-sotiq yoki xarj bilan ovora boʻlsa, birovlar choʻntaklarida siyqa chaqasi yoʻq, bozor rastalarida garang sudraladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Koʻp qoʻllangan, ishlatilaverib koʻngilga urgan, meʼdaga teggan (gap, soʻz, ibora va shu kabilar)
-
Siyqa gap.
-
— Podshohning amri vojib, — dedi alloma, siyqa, eski gapni ishlatishga majbur boʻlib. M. Osim, Ibn Sino qissasi
3. koʻchma Gʻoya, mazmun va badiiylik jihatidan yuzaki, sayoz.
-
Siyqa fikr. Siyqa asar.
-
Sotiboldiyevning bahslashishi ham allanechuk siyqa, bachkana edi. P. Qodirov, Uch ildiz
siyqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Siyqa bosh
Siyqasi chiqqan
-
Ular [ishni orqaga sudrovchilar] uyalmay-netmay siyqasi chiqib ketgan bajaramizlarini takror-takror ay-tishadi. N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
SIYQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЙҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siyqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing