siyrak
bilan ulashing
1. Tuki kam, qalin, quyuq emas.
-
Siyrak soqol. Siyrak soch.
-
Moʻmin aka peshonasini tirishtirdi, siyrak baroq qoshlari bir-biriga tutashdi. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
-
Isfandiyor pinagini buzmadi. Siyrak murti bir uchib qoʻydi, xolos. S. Siyoyev, Avaz
2. Koʻp emas, kam; onda-sonda.
-
Choyxonada odam siyrak edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Bugun maydondagi archalar koʻzimga avvalgidan siyrak, katta koʻrinyapti. H. Nazir, Soʻnmas chiroqlar
-
Bu oilada har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Ammo mehmon siyrak boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kuzi, teshiklari katta-katta.
-
Siyrak toʻr. Siyrak elak kunda kerak, Paxta elak hayitda kerak. Maqol
4. Arqoq-oʻrishlarining oralari ochiq-ochiq qilib toʻqilgan.
-
Siyrak doka.
5. Unchalik zich boʻlmagan, siyraklashgan (gaz, havo va shu kabilar haqida).
-
Siyrak bulut.
-
Bu yer boʻlsa dengiz sathidan ikki-uch ming metr baland, havo ancha siyrak. S. Anorboyev, Oqsoy
6. Kam uchraydigan, onda-sonda boʻladigan.
-
Siyrak hodisa.
-
Oʻchadigan chiroq yonib oʻchadi, maqoli kabi Turkiston xonlarida siyrak koʻrilgan bu maʼmuriyatparvarlik bizga qolsa shu omillardan tugʻilgan va bunda samimiy hech narsa yoʻq. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
SIYRAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЙРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siyrak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar