siyosat
bilan ulashing
1. Davlat hokimiyati shakllarini amalga oshirish va boshqarish; davlat hokimiyatining mamlakatni boshqaruvda va xalqaro munosabatlarda tutgan yoʻli; davlatni boshqarish sanʼati.
-
Ichki siyosat. Tashqi siyosat.
-
Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosati yangicha maʼno va mazmun kasb eta boshladi. OʻzME
-
Bu kungi sharoit tajribali xonni boshqacha siyosat ushlashga majbur etdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. koʻchma Hiyla-nayrangga asoslangan, yoʻliga qilingan ish, xatti-harakat; ustomonlik.
-
Shu joyda raisning obroʻsi sal darz ketibdi. U oʻzining biyligini siyosat bilan oʻtkazmoqchi boʻlgan ekan-u, boʻlmabdi. N. Fozilov, Diydor
-
Dehqon, kosib xalqi notinchlanib qoldi: albatta, ularning bolalari ketadi-da, farmonda mardikor deyilgan, ammo, Salim aka, menimcha, bu narsa bir siyosat, bir aldov boʻlsa kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
3. so‘zlashuv tili Doʻq, poʻpisa, qoʻrqituv.
-
[Navoiy:] Tahdid va siyosat emas, mehribonlik darkor. Oybek, Navoiy
-
[Beklar:] Siyosat uchun bitta igʻvogarning boshini kestirmoq zarur! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ha, odamlar aytar edi, Azroil jon oladigan boʻlganda, shunday siyosat bilan, haybat bilan keladi, deb. Murodxon
SIYOSAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЁСАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siyosat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar