siyoh
bilan ulashing
1. sft. poet. Qora, qora rangli.
-
Koʻzimga qoʻyibman siyoh surmani, Jonim otam, sevganimga ber mani. Qoʻshiqlar
-
Qor ketdi zaminda, Boʻrtdi ilk giyoh, Qorongʻi, siyoh tunda Sham yondi goʻyo. X. Davron
2. ot koʻchma Xat yozish uchun ishlatiladigan rangli suyuqlik.
-
Qora siyoh. Qizil siyoh. Siyoh bilan yozilgan xat. p
-
Oy chiqdi: serbulut osmon xuddi siyoh sachragan zangori koʻy-lakka oʻxshardi. S. Ahmad, Ufq
3. Roʻyi siyoh Yuzi qora, qora yuzli.
-
Roʻyi siyoh boʻldik ushbu shaharga, Boshimiz kesadi, osadi dorga. Erali va Sherali
siyoh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dili siyoh
-
Haydar Gʻulomovich ham uyiga dili siyoh bir holatda qaytdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Olchin-bekning bu ayanchli ahvoli Shahzodaning dilini siyoh qildi. K. Yashin, Hamza
eskirgan, aynan Siyoq.
-
Havoning avzoyi buzuq, yogʻadigan siyohi bor.
-
[Olimovning] Shu zehni, gʻayrati tursa, kelgusida agronom boʻlish siyohi bor. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
[Zikriyo qori:} Poʻlat degan shu boʻladi, taqsir. Buning ikki dunyoda ham el boʻladigan siyohi yoʻq. N. Safarov, Sharqtongi
-
Shu zehni, gʻayrati tursa, kelgusida agronom boʻlish siyohi bor. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
SIYOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЁҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siyoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar