siymo
bilan ulashing
1. Shaxs, zot.
-
Ulugʻ siymo.
-
[Qosimbek:] Movarounnahrdagi temuriylar orasida eng sohibisteʼdod, sohibqudrat siymo — Bobur mirzodirlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Shoir va akademik Gʻafur Gʻulom sheʼriyatda oʻziga xos, misli yoʻq siymolardan biridir. Saodat
2. Qiyofa, koʻrinish; chehra, yuz.
-
Ulugʻvor siymo. Goʻzal siymo.
-
Bizga gʻoyat aziz, gʻoyat moʻtabar Shifokorning iliq siymosi. E. Vo-hidov
-
— Uning [qizning] siymosida men hayot goʻzalligini koʻrdim. Tabiat bunyod etgan noyob gul edi u, — dedi Samar. M. Qoriyev, Oy-din kechalar
-
Qunduzxon bundan ikki yil avval yoʻqotgan onasining mehribon, munis siymosini qidiradi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. Biror shaxs obrazi.
-
Oʻychan misralarda tarjimon Margaritaning iztirob toʻla siymosini ustalik bilan tasvirlaydi. OʻTA
SIYMO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЙМО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siymo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar