siyla
bilan ulashing
1. Hurmatini bajo keltirmoq, izzat-ikrom qilmoq, eʼzozlamoq.
-
Otasini siylaganni bolasi siylamas. Maqol
-
[Oʻzbek oyim:] Hali qudalarimizni muddaodagidek siylay olganimiz yoʻq, shu hol-da joʻnatsak, bizning shaʼnimizga yaxshi emas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qadriga yetmoq, hurmatlamoq.
-
Er — siylagan yerda aziz. Maqol
-
Siylangan joyi-da azizdir inson. A. Oripov
3. Mehmon qilmoq, ziyofat qilmoq; qoʻllab yubormoq (asosan bilan soʻzi bilan birgalikda).
-
Umid Hafizani eskimo va shirin danak bilan siyladi. Mirmuhsin, Umid
-
Ovqatdan keyin bobo mehmonlarni qimiz bilan siyladi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Sarixon [podshoni] katta oʻtovlarga tushirib, elini yigʻib, qoʻyni soʻyib, ziyofat qilib, siylay berdi. Oysuluv
4. so‘zlashuv tili Savdo-sotiqda hurmat yuzasidan ortiqroq, ogʻirroq, yaxshiroq qilib bermoq yoki kamroq haq olmoq.
-
Sizga besh soʻm siyladim. Oʻn kilogramm hamma qatori, besh kilogramm sizga siyladim.
-
Odamlar, hech boʻlmasa ikki-uch tupdan siylang, deb yalinaverdi. H. Nazir, Bir tup gʻoʻza
SIYLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siyla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar