siyna
bilan ulashing
1. Koʻkrak, koʻks.
-
Eslaganda, qizning siynasi Chuqur bir oh bilan qoʻzgʻalur. H. Olimjon
-
Mirqosimning qoʻlidagi chaqaloq birdan yigʻlab yubordi. Laʼli uni qoʻliga olib, bagʻriga bosdi-da, lorsillab turgan oppoq siynasini tutdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Xanjarning tigʻi uning [Shahzoda-xonning] siynasini bir necha bor yalab oʻtdi. K. Yashin, Hamza
2. koʻchma Dil, qalb, yurak.
-
Bulbul uchib, qoʻnar zogʻlar, Siynam toʻla alam-dogʻlar. Erali va Sherali
-
Necha vaqtlar qoʻlim bogʻli, Bandi boʻlib, siynam dogʻli. Yusuf va Ahmad
3. koʻchma Quchoq, bagʻir; ogʻush.
-
Buloq ona Yer siynasidan Sheʼr singari qaynab oqadi. E. Vohidov
-
Sening uchun ochiqdir keng jahonning siynasi. Gʻ. Gʻulom
SIYNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЙНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SIYNA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SIYNA so‘ziga berilgan ma’nolar
siyna so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
siyna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar