siyoq
bilan ulashing
1. 3-shaxs birlikda (siyoqi va siyogʻi)
2. Avzo, aft-angor, turq, koʻrinish.
-
Havoning siyoqi buzuq.
-
Oʻgʻil ham otaga shuncha oʻxsharmi, Koʻzingda, soʻzingda otang siyoqi. O. Hakimov
-
Chapdastligi uchar qushni olgudek, Siyoqidan yoʻlbarsga chang solgudek Ya. Qurbon
-
Enajon, soʻrama qaygʻu ham dogʻim, Gʻam bilan sargʻaydi gulday siyogʻim. Ravshan
3. Holat, ahvol, feʼl-atvor.
-
Goʻyoki Sobirovning oʻgʻri deb qilgan haqoratiga chidamagan siyoqda guzarga chiqib, baqirib-chaqirdi. A. Qodiriy
-
— [Kumushning] Kundoshlikka chidaydigan siyoqi yoʻq, har kun Zaynabingiz bilan gʻidi-bidi qilaverib, sizni qiynab qoʻyarmikin deyman, — dedi Otabek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
IYoʻldoshvoyning] Siyoqidan zoʻr general boʻlishini fahmlab turibman. H. Gʻulom, Toshkentliklar
4. Mazmun, maʼno.
-
[Toshmurod:] Gapining siyogʻiga qaraganda, Yoʻldosh qizini senga kelinlikka berishga rozi. Gazetadan
SIYOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siyoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar