vazifa
bilan ulashing
1. Amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim boʻlgan, koʻzda tutilgan maqsad, maqsadli ish.
-
Millatni uygʻotish — uygʻonganlarning vazifasi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Ikkinchi juda muhim vazifa — xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishni rivojlantirish. Gazetadan
-
Endigi muhim vazifa — oʻrim-yigʻimni gʻoyatda qisqa fursatda uyushqoqlik bilan oʻtkazish Gazetadan
2. Zimmada boʻlgan muayyan ish, ishlar.
-
Ruslan bilan Normat koʻchaga chiqqanlarida, oʻz vazifalarini bajargan partizanlar bugʻdoypoyaga qayta boshlagan edilar. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Siz qishloqda boʻlganingiz sababdan, kelguningizcha ishlar toʻxtab qolmasin, deb vazifamdan tashqari ishlarga urindim. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Togʻa, Sizning vazifangiz — mehmonni istagan odam bilan gaplashtirish, istagan yeriga olib borish. Guldasta
3. Doim amalga oshirish, amal qilish, bajarish lozim boʻlgan ish; burch.
-
Er topganini saranjom-sarishta qilish — xotinning vazifasi. Mushtum
-
Uning \elning] ovoziga quloq solmoq, shikoyatlarini sabr-toqat bilan tinglamoq vazifamizdir. Oybek, Navoiy
4. Bajarish uchun berilgan, topshirilgan ish; topshiriq.
-
Ertasi kuni [Elmurod] oʻz shogirdlariga vazifa berib qoʻydi-da, ayollarning oʻqishini koʻrishga kelt. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻqituvchi uy vazifalarini bera boshladi. Oʻ. Usmon, Sirli sohil
5. Biror narsa bajaradigan ish, xizmat.
-
Tovush toʻlqinlarini tutgich vazifasini oʻtovchi quloq suprasi tabobatda katta ahamiyatga molik ekani Sharq tibbiyotida qadimdan maʼlum. Fan va turmush
-
Yotoq-xonada istiqomat qiluvchilardan har birining kitob va daftarlari kechasi oʻziga yostiq vazifasini oʻtar edi. S. Karomatov, Oltin qum
6. Xizmat lavozimi, mansab, amal doirasida bajariladigan ishlar majmui.
-
Direktorlik vazifasi.
-
Komissiya yosh oʻqituvchilarni birma-bir chaqirib suhbatlashishga va ularning qayerda qanday vazifada ishlashini belgilab berishga kirishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Viloyat xalq deputatlaridan besh kishi., jiddiy kamchiliklari uchun oʻz vazifalaridan boʻshatildilar. Gazetadan
VAZIFA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЗИФА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vazifa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar