vaʼz
bilan ulashing
1. Diniy tushunchalarni xalqqa, qavmga tushuntirishga, targʻib qilishga qaratilgan nutq; yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi daʼvat.
-
Oradan uch kun oʻtib, namoz jumadan keyin, Abduvaqqos eshon vaʼz aytibdi, gʻazotga fatvo beribdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Maʼruza; leksiya; nutq.
-
Oʻz vaʼzini tamomlar ekan, dedi: Tanqid keltirar foyda. M. Ikrom, Koʻngil guli
-
Xalil ota Toʻraxonovning balandparvoz vaʼzini jimgina oʻtirib tingladi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
3. Nasihatomuz yoki tashviqiy nutq; pand-nasihat, oʻgit.
-
Majlisda oziq-ovqat razvyorstkasi haqida vaʼz aytadi-yu, uyida sholini oʻraga koʻmadi. H. Gʻulom, Mashʼal
vaʼz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vaʼz aytmoq (yoki oʻqimoq, qilmoq)
-
Nihoyat, doʻppaygan ikki goʻr ustida Olimjon aka koʻchani toʻldirgan xalqqa qarata vaʼz aytdi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
-
U [Qalandar] ovozini baland qoʻyib, oxirat kunidan vaʼz aytardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Gʻiyosxon jigʻibiyroni chiqib, unga vaʼz oʻqishga tushib ketardi. X. Sultonov, Onamning yurti
-
Biz uni kolxoz radiouzelida mikrofon yonida vaʼz qilayotganida uchratdik. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
VAʼZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЪЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vaʼz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar