vazmin
bilan ulashing
1. Ogʻirlik oʻlchami katta, katta ogʻirlikka ega; yengilning aksi, ogʻir.
-
Vazmin tosh. Vazmin yuk.
-
Yigitalining hovlisiga vazmin choʻyan darvoza orqali kirilar, uning yonboshidagi kichik uychada choʻqqisoqol qorovul oʻtirardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Vazminroq jangchi yoʻliqib qolsa, jang maydonidan olib chiqishda qiynalar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. koʻchma Bir maromda, ogʻir, ohista va salobatli (harakat, yurish-turish va shu kabilar haqida).
-
Vohid Mirobidov olimlarga munosib did bilan bezatilgan keng, bahavo xonasida vazmin odimlab, yana uzoq yurdi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Jiydalarning egilgan novdalari vazmin tebranadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Atrofdagi sahro tunining vazmin sukunati allamahal boʻlib qolganini bildirardi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
3. Tabiatan bosiq; ogʻir.
-
Bir qarashda vazmin, muloyim koʻringan bu juvon ancha shoʻx ekan. S. Nurov, Narvon
-
U [Mirjalil] vazmin, har qanday sharoitda ham oʻzini tutib turadi. Gazetadan
VAZMIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЗМИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vazmin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar