vaziyat
bilan ulashing
1. Biror narsaning fazoda egallab turgan holati, oʻzini tutgan holati (boshqa narsalarga nisbatan).
-
Nuqtaning vaziyatini aniqlash.
-
Oy oʻzining Yer atrofidagi harakatida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni olib turganligidan Oyning koʻrinishi oʻzgaradi. Astronomiya
2. Kishining tashqi koʻrinish, ruhiy va boshqalar jihatdagi holati; qiyofa, avzo.
-
Har xil vaziyat va turli kayfiyatda oʻtirgan kishilarning son-sanogʻi yoʻq. A. Qahhor, Sarob
-
Tantiboyvachcha magʻrur va mamnun bir vaziyat oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻsha quvnoq vaziyatini oʻzgartirmay qoʻshib qoʻydi: Oyogʻingiz ogʻrimayaptimi? S. Karomatov, Oltin qum
-
Temur ham oʻychan vaziyatda, kulmay-netmay javob berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Tutgan oʻrin, mavqe, nufuz.
-
Odamlar ustidan xususiy mulk hukmron boʻlgan, kishining jamiyatdagi vaziyati, salmogʻi, huquqi, obroʻsi uning mulki bilan oʻlchanadigan bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan ogʻir kulfat yoʻq. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Jamiyatdagi, hayotdagi sharoit, holat.
-
Ogʻir vaziyat. Jiddiy vaziyat. Siyosiy vaziyat. Xalqaro vaziyat. Vaziyatni tushuntirmoq.
-
Men uning har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta bilishiga qoyil qolardim. Men hatto borib, vaziyatni bilib kelmoqchi ham boʻlgan edim. S. Karomatov, Oltin qum
VAZIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЗИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
VAZIYAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan VAZIYAT so‘ziga berilgan ma’nolar
vaziyat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
vaziyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar