vazn
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Oʻlchov.
-
Tabiatda qudrat bormi, Bizdan vazn olmasin Gʻ, Gʻulom
2. Ogʻirlik; ogʻirlik oʻlchami; salmoq.
-
Yuk vazni. Molning tirik vazni.
-
Egamberdi, shu bugʻdoyning vazniga baravarlab sarimagʻiz undan tort, aybonang uchun ustiga oʻzimizdan bir pudun ham qoʻsh! A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Safo maxsum tahorat uchun qumgʻonni koʻtardi-yu, vazni yengilligidan boʻm-boʻshligini fahmladi. Gʻulom, Zamin yulduzlari
3. koʻchma Kam qoʻll. Shaxsning mavqeyi, mavqe darajasi.
-
Salimxon jon-dili bilan Saidiyni begonasiratmaslikka, oʻzi bilan bir tekislikka qoʻyishga tirishar va hatto oʻzini nodonlikka solib, Saidiyning vaznini orttirar edi. A. Qahhor, Sarob
4. ad. Sheʼriy satrda sheʼrning ritm ohangi va tuzilishini belgilovchi boʻgʻinlar soni va joylanishi; sheʼr oʻlchovlari.
-
Aruz vazni. Barmoq vazni.
-
Sheʼrlar maʼlum oʻlchovda yoziladi. Sheʼr oʻlchovlari vazn deb ataladi. Adabiyot nazariyasi
5. musiqa Musiqa asarida uning ritm ohangini va tuzilishini belgilovchi ritmik birliklar soni va joylanishi.
-
Hali oldindadir goʻzal kunlarim, Hali lab tegmagan kulgular oldda. Vaznga tushmagan qoʻshiqlar oldda. Hech nima emasdir bu koʻrganlarim. A. Oripov, Yillar armoni
VAZN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЗН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vazn so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar