zulm
bilan ulashing
1. Hukmdor va hokimlarning fuqaroga, zolimlarning mazlumlarga koʻrsatgan jabri; shafqatsizlik, istibdod.
-
Zulm zindondan yomon. Maqol
-
Aholi gʻalayonga keldi, qoʻrqqanidan emas, zulmga, zoʻrlikka, haqiqatsizlikka chidamaganidan gʻalayonga keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hamma oʻz bilganicha qichqiradi, zulmdan, jabrdan shikoyat qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Umuman, jabr-sitam, ezish; adolatsizlik.
-
Kundoshlik zulmi. Zulm qilmoq (oʻtkazmoq).
-
Birov zulm qilsa, birov rahm qilarkan; birov osh bersa, birov non berarkan. Oydin, Qandolatning hikoyasi
-
Maʼshuq ahliga yarashmas doimo zulm-u jafo. Hamza
-
Odamlarga oʻtkazgan zulmi uchun Olaxoʻja xalq oldida javob bermay hech qayoqqa ketmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
zulm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zulm koʻrmoq (yoki tortmoq, chekmoq)
-
Ayollar oʻtmishda hammadan koʻp zulm koʻrgan, hammadan koʻp jaholatda qolgan. P. Tursun, Oʻqituvchi
ZULM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУЛМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zulm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar