zulfiqor
bilan ulashing
1. Muhammad(sav)ning Badr jangida qoʻlga tushirgan ikki uchli shamshiri; keyinchalik Hazrat Aliga, soʻng boshqa xalifalarga oʻtgan.
-
Boshimga Hazrati Alining muborak zulfiqorlari kelgan-da ham, haqq-u haqiqatdan yuz oʻgirmoq odatim yoʻq. A. Qahhor, Tobutdan tovush
-
Hazrat Alining dulduli va zulfiqori oldida baland togʻlar ham, qirgʻogʻi koʻz ilgʻamas daryolar ham toʻsiq boʻlolmagan emish. N. Safarov, Olovli izlar
2. Umuman, keskir, oʻtkir (qilich haqida).
-
Chetda yotar chuvalgan salla, Zarrin qinli zulfiqor qilich. M. Ali, Boqiy dunyo
3. Zulfiqor (erkaklar ismi).
ZULFIQOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУЛФИҚОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zulfiqor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar