zulmat
bilan ulashing
1. kitobiy 1 Zim-ziyo, tim qorongʻilik.
-
Zulmatni koʻrmagan yorugʻlikni qadrlamas. Maqol
-
Hamma yoqni zulmat qoplagan, keng dalaning aqalli biror burchida milt etgan nur koʻrinmaydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Zulmat ichida qolgan Anvar, orqa-oʻngini ajrata olmay, boʻyra ustini chogʻlab, bir-ikki qadam yurib keldi va ikki qoʻli bilan tizzasini quchoqlab, choʻnqaydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Alimardon tong qorongʻisida zulmat zinalardan tushib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma Nodonlik, qoloqlik; jaholat.
-
Uygʻondi keng jahonda Zulmatda yotgan ellar. I. Muslim, Sening sevging
-
Zulmat chilparchin boʻlib, Mamlakatda tong otdi. Qoʻshiqlar
ZULMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУЛМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zulmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar