zuluk
bilan ulashing
1. Chuchuk suv havzalarida yashovchi, yirtqich yoki parazit holda kun kechiruvchi halqali chuvalchanglar vakili.
-
Tibbiyot zulugi. Zuluk qoʻymoq.
-
Zuluk kichkina jonivor boʻlib, qonni soʻrish uchun xizmat qiladi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
-
Suvdan chiqqan zulukday, Qosh-u koʻzi pilikday Kelin poshshaga salom. Oq olma, qizil olma
2. koʻchma Birovlar hisobiga yashovchi, ochkoʻz, tekinxoʻr, shafqatsiz odam.
-
Xon — jallod, qozikalon — oʻrgimchak, yasovulboshilar esa zuluk edi. J. Sharipov, Xorazm
3. koʻchma Zuluk kabi qop-qora.
-
Onasi uning [Saltanatning] zuluk qoshlariga, toʻlishgan dudoqlariga, yuzlariga mamnun tikilib oʻtirdi. S. Nurov, Narvon
ZULUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУЛУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zuluk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar