sho‘rlik
bilan ulashing
Shoʻr holat, shoʻr ekanlik. Ovqatning shoʻrligi.
-
Yaqinda Chortoqda kovlangan quduqdagi suvning shoʻrlik daraja-si Qora dengiz suviga juda oʻxshash. F. Sirojiddinov, Chortoq havosi
1. 1 Tolei past, baxti qora; bechora.
-
Otam shoʻrlik bu musibatga bardosh berolmadi, farzand dogʻi chinor qomatini bukdi, soʻng qulatdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Boyvachcha aka, otamga shafqat qiling, u shoʻrlik joʻjabirdek jon, xonadonimizning rizq-roʻzi oʻtib turgan bir parcha yerimizga koʻz tikmang. K. Yashin, Hamza
2. Achinish bildiradi; bechora.
-
Bayt tufayli yuz bergan koʻngilsizlikdan shoir shoʻrlik xabarsiz edi, albatta. N. Aminov, Suvarak
-
Opam shoʻrlik oʻsha joyda bekinib yotib, tong ottirgan ekan. S. Nurov, Narvoy
3. aynan Shoʻrish.
-
Bir kaft tuproq bilan barcha falokat, Barcha shoʻrliklardan chiqmoq boʻladir. H. Olimjon
SHO‘RLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЎРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sho‘rlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar