sho‘rala
bilan ulashing
1. Poʻst tashlamoq, quruqshamoq (badanda, yuz-koʻzda hosil boʻladigan yengil teri kasalligi haqida.)
-
Kichkintoyingizning yuzi shoʻralab yoki quruqlashib ketmasin desangiz, uning yuzini sovun bilan koʻp yuvmang. Gazetadan
2. aynan Shoʻrlamoq 1.
-
Bolaning aʼzoyi badani shoʻralab ketibdi.
-
Pastdagi ikki xonaning gʻishtlari zaxkashlikdan shoʻralab, oqarib ketgan. Mirmuhsin, Umid
-
[Roʻzimat otaning] Bor bisotidagi bitta choponining ham bari yirtiq, doʻppisining jiyagi shoʻralab ketgan edi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
3. so‘zlashuv tili Shoʻra oʻsimligi bilan qoplanmoq, shoʻrazorga aylanmoq (yer haqida).
-
Qarovsiz qolgan dala shoʻralab ketadi.
Gullash oldidan shoʻra, gʻuncha hosil qilmoq, shoʻra chiqarmoq (tok haqida).
-
Toklar zangidan bargigacha shovul-shovul shoʻralapti, oʻriklar-chi, shoxi gʻoʻralapti Bogʻ mevasi olgan bilan odosh boʻlmapti. Yo. Shukurov, Uch savol
-
Tokim shoʻraladi, zangi suv ochib, Barglar qoʻltigʻida ingichka novda. S. Akbariy
SHO‘RALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЎРАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sho‘rala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar