sho‘r
bilan ulashing
1. Meʼyoridan ortiq tuz solingan, taʼmi oʻt-kir (ovqat, taom haqida).
-
Shoʻr ovqat. Palovni shoʻr qilib qoʻymoq. Achchiq-chuchukni shoʻr qilib yubormoq.
-
[Qodirjon:] Hali osh vaqtida, oshning tuzini past qilib qoʻyib-san yoki shoʻr qilib qoʻyibsan, deb bahona qilaman-da, katta janjal chiqaraman. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
2. Tuzlangan.
-
Shoʻr baliq. Shoʻr karam.
3. Tarkibida tuz moddasi koʻp boʻlgan, shoʻr bosgan.
-
Shoʻr dengiz. Shoʻr koʻl. Shoʻr tuproq. Shoʻr suv.
-
Ayniqsa, erta bahorda boronalash shoʻr yerlarda katta foyda beradi. Gazetadan
4. ot Tuproq tarkibida tuzning koʻpligidan yer betida hosil boʻlgan tuz moddasi.
-
Yerning shoʻrini yuvmoq.
-
Yerda hali shoʻr koʻp. Sotiboldi otam ham mening fikrimni tasdiqlayaptilar. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
Oʻrmonjon shoʻr bosgan yerdan ilon izi boʻlib oʻtib, toʻqayga kirib ketgan tuproqtepani qamchining sopi bilan koʻrsatib: — Kanal! — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Terning ust-boshga tepishidan kiyimda hosil boʻladigan tuz, oq dogʻ.
-
Erta-yu kech tosh maydalab yelkalarini bir ellik shoʻr bosgan yigitlar [darvishga:] Yoʻlingdan qol-ma! deyishibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ot yoʻrttirib Yusuf Madyorov kelib qoldi. U hamon temiryoʻlchi kiyimida — egnida qora kitel, terining shoʻri yelkasida oqarib yotardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
sho‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shoʻr paxta
-
Uch-toʻrt [marta] oyogʻimga shoʻr paxta bogʻlab, uyda yotdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
1. folk. Toley past, baxtsiz, bechora; shoʻrlik.
-
Qozi, mufti — bari boyning chokari, Kambagʻal shoʻr azaldan xizmatkori. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Ilohim, qurisin podshoning ishi, Koʻp boʻldi-ku menday shoʻrning koyishi. Shirin bilan Shakar
2. Azob-uqubat, kulfat; baxtsizlik.
-
Xudo bandasini yaratganda, peshonasiga chorakor boʻlasan, deb yozmasin E-ha, kambagʻalning shoʻrini asti soʻramang. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻylasam, har dam hamiyat oʻti dil-da mavj urar, Solgali dushman boshiga shoʻr-u savdo boraman. Habibiy
-
Xonim, turgin shu vaʼdada haqiqat. Turmasang, solurman shoʻr-u qiyomat. Islom shoir
sho‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Voy shoʻrim
-
Voy shoʻrim, qoʻlingga nima qildi? S. Zunnunova, Gulxan
Peshonasi shoʻr
-
Ota-sining achchiq hikoyasini eshitgan Polvon bilan Bekjon oʻz peshonalarining shoʻr ekaniga achindilar. J. Sharipov, Xorazm
Shoʻri quridi
-
Hech kim uning soʻzini qaytarmadi, qaytara olmaydi-da. Nega desangiz, kim uning aytganini qilmasa, shoʻri quriydi deyavering. A. Muhiddin, Xarakteristika
Shoʻri qursin
-
— Ulusning shoʻri qursin! — dedi Tohir. — Kasofat podsholar urishmay turolmasa. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Shoʻriga shoʻrva toʻkilmoq
-
— Siz qayerda boʻlsangiz, biz ham oʻsha yerda boʻlamiz. Oftobda sherikchilikda qatiq ichgan odamlar oxirigacha birga boʻlishi kerak. Boʻlmasa, shoʻrimizga shoʻrva toʻkiladi, — dedi Odil Egamberdiga. B. Rahmonov, Yurak sirlari
Shoʻring qurgʻur
-
[Gʻofir domlaga:] Axir bu duolar, rivoyatlar niqobiga yashiringan zulmdan, jafolardan biz shoʻring qurgʻurlar kimga dod deymiz? Kimga?! Hamza, Boy ila xizmatchi
Shoʻrini quritmoq
-
Bir sartarosh yigit oʻzini, muallimman, falon maktabda dars beraman, deb guldek Karimaning shoʻrini quritgani haqiqat-ku! Mirmuhsin, Umid
SHO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sho‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar