tikan
bilan ulashing
1. Oʻsimliklarning, shuningdek, baʼzi hayvonlarning ingichka uchli, ninasimon aʼzosi.
-
Qizil gul tikani. Yantoq tikani. Tipratikan tikani. Tikan boʻlib oyoqqa qadalguncha, gul boʻlib koʻkrakka sanchil. Maqol
-
Vohid jon-jahdi bilan siqim-lagan naʼmatak tikanlari kaftiga emas, yuragiga sanchildi goʻyo! Saodat
2. Shunday narsali (tikanli) oʻt-oʻsimliklar.
-
Ekuvsiz qolgan yerlarda tikanlar oʻsib yotibdi.
3. Narsalarning oʻtkir tikansimon qis-mi.
-
Toʻsiq simning tikani.
tikan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzga tikan
-
Xalqimizda ajoyib bir maqol bor: Tekin yegan — koʻzga tikan. M. Ismoiliy, Bizning roman
Tikan boʻlmoq
-
Uning [Zaynabning] bu holi ersa mening uchun yaxshi emas, u yana koʻp vaqt bizning oramizda tikan boʻlmoqchi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tikan ustida oʻtirmoq
-
— Sipolik qilsam-u, tikan ustida tipirchilab oʻtirsam, bari bir, gap qovushmaydi. Undan koʻra dangal gap yaxshi: men dalaga chiqmoqchiman, — dedi Parpiyev. Y. Shamsharov, Yengish
Tikanga agʻanamoq (yoki dumalamoq)
-
Otabek qizga uylanib qoʻygach, bizning Homid tikanga agʻanab, oradan Otabek bilan Mirzakarim akani koʻtarish fikriga tushgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Odiljon shu kecha tikan ustida dumalab chiqdi. I. Rahim, Qoʻshnilar
Qora tikan
-
— Yoʻq, faqat siz yaxshisiz, — dedi Zulayho istehzo qilib. — Boshqalarning hammasi qora tikan, hammasi sizni koʻrolmaydi! P. Qodirov, Qadrim
Qora tikan tuz
TIKAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИКАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tikan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar