tik
bilan ulashing
1. Igna-ip bilan choklab ulamoq, biriktirmoq; shu yoʻl bilan biror narsa tayyorlamoq.
-
Yarani tikmoq. Qopning ogʻzini tikmoq: Qalpoq tikmoq. Etik tikmoq.
-
Dahlizda Hasanali uzilgan ot as-boblarini ulab tikar edi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Dilbar ham sizga atab bir chiroyli roʻmolcha tikdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Fotima opa har xil qiyqindilardan olib, qoʻgʻirchoqqa koʻylakcha tikib berdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Oʻrnatmoq, qadamoq; qurmoq.
-
Bayroq tikmoq.
-
Ularda imorat-bino yoʻq edi, hammasi oʻtov tikib oʻtirishar edi. Boʻtakoʻz
-
maysalar ustiga chodir tika boshlashdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Ekmoq, qadamoq.
-
Yerga urugʻ tikmoq. Chigirtkalar ekin yer, ekmay-tikmay, tekin yer. Maqol
-
Kun isishi bilan ariqlar qurigan. Moʻl hosil undirmoq niyatida ekin tikkan dehqon bor suvni, oltin tortganday, misqollab sarflaydi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
4. Bolalar oʻyinida: ganakni maʼlum tartibda terib qoʻymoq, joylamoq.
-
Ikkitadan yongʻoq tikmoq.
5. Qimorda: oʻyinga pul yoki boshqa narsa qoʻymoq.
-
Otasi oʻlib, katta merosga ega boʻlgan boyvachchalarning koʻpi pul tikib, xoʻroz urishtirib rohatlanar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Boy beradi-yu, oʻzi yutmaguncha oʻyinni toʻxtatmaydi, hech narsasi qolmaganda, butun aʼzolarini bitta-bitta tikaveradi, qoʻli, burni boringki, zanjirlab tashlang, bari bir oʻynaydi. A. Muxtor, Opa-singillar
6. Turli oʻyin va musobaqalarda: gʻoliblar uchun, yutuq sifatida biror narsa atamoq, oʻrtaga qoʻymoq.
-
Men hammalaringning guvohliklaringda musobaqaga bir qoʻy tikaman. N. Safarov, Don
7. koʻchma Baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz ifodalagan narsani (biror shaxs yoki narsa uchun) baxshida etish maʼnosini bildiradi.
-
Hamrohlarim oʻz jonini tikib boʻlsa-da, gʻalabani taʼmin etdilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Men butun dunyomni Rahmonqulga tikkanman H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shunday yaxshi kunlar kelishi uchun kurashgan, choʻlni boʻston qilishga hayotini tikkan odamlarni eʼzozlaymiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
TIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar