tikanak
bilan ulashing
1. Tikanli oʻsimliklarning umumiy nomi.
-
Onaxon tikanak bosib ketgan goʻriston ustidan toʻgʻri temir yoʻl ustaxonasi tomonga yoʻl oldi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Choʻqqining oʻrta yerida, Toshbuloq yaqinida tikanak va archa choʻkirtaklaridan gulxan yoqilgach, bolalarning quvonchi yana qanotlandi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. aynan Tikan.
-
— Oyoqlarimni ari talab ketdi! — deb tipirchilab oʻtirib oldi. Bolalar egilishib qarashsa, ari degan narsa koʻrinmasdi. Faqat paypogʻining hamma yogʻiga tikanaklar yopishib olgandi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
[Abdusamad] Oʻgay otaning koʻziga tikanak boʻlmaslik uchun bir burchakka tiqilib uxlab qolar edi. Oybek, Navoiy
tikanak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tikanak tuz
-
Balo-qazoni hozir daf qilamiz. Bitta tovoqqa kul solib, tikanak tuz bilan bir kaft isiriqning donidan olib keling. R. Fayziy, Hazrati inson
Chaqir tikanak
-
Oyoqlarimga chaqir tikanaklar kirib, hamma narsa yoʻlimni toʻsardi. E. Raimov, Ajab qishloq
TIKANAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИКАНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tikanak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar