tikanli
bilan ulashing
1. Tikani bor, tikanlar bilan qoplangan.
-
Tikanli daraxt. Tikanli oʻsimlik.
-
Tuyalar oldiga yantoq tashlangan va ular ignaday tikanli bu xashakni, qari odamlar pashmak holva yeganday, osonlik bilan yutmoqda. S. Ayniy, Qullar
-
Tikanli simlar bilan oʻralgan bu yam-yashil oʻrmon etagi, bu oppoq palatalarda kecha-yu kunduz azob, oʻlim. A. Muxtor, Chinor
2. koʻchma Kishiga qattiq botadigan, ozor beradigan; achchiq, yoqimsiz (gap-soʻz, muomala haqida).
-
Husayn Boyqaro otda turib, asiriga bir necha achchiq, tikanli soʻzlar otdi-da, qoʻli bilan navkarlarga olib joʻnanglar, degan ishorat qildi. Oybek, Navoiy
-
Rashidning gapi, garchand xolis va muhokamali boʻlsa ham, nima uchundir Elmurodga tikanli tuyuldi. Shuhrat, Shinelli yillar
TIKANLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИКАНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TIKANLI so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TIKANLI so‘ziga berilgan ma’nolar
tikanli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
tikanli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar