tikka
bilan ulashing
1. Yuqoriga yoki pastga tik yoʻnalgan; tik, vertikal.
-
Tikka qoya. Tikka oʻsgan daraxt. Tutun tikka koʻtarilmoqda. Nayza yerga tikka sanchildi.
-
Ariq qazuvchilar ertasiga kelib qarasalar, tikka jar oʻpirilib tushib, ariqlari koʻmilib, tep-tekis boʻlib qolibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qaynab chiqar neft buloqlari, Fontan boʻlib otilar tikka. Yo. Mirzo
-
Qoʻrboshi kulib yubordi. Uning amri bilan polvon yana ilgarigi joyiga kelib, chatanogʻini kerib, tikka turdi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
2. Yerdagi maʼlum nuqtaga nisbatan vertikal yoʻnalishdagi tepa joy.
-
Kulrang osmonning olis-olis burchlarida yulduzlar mil-tillaydi. Hov ana, tikkada yorqin bir yulduz — tong yulduzi porlamoqda. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
U [Rahim Saidov\ pastga tushdi. Kun tikkaga kelgan, koʻcha yonardi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
3. Toʻppa-toʻgʻri yoʻnalgan; u yoq-bu yoqqa burilmaydigan, ogʻmaydigan; adil, toʻgʻri.
-
Uzun gʻishtin yoʻlka darvozaxonadan boshlanib, chorbogʻni tikka kesib oʻtadi. H. Gʻulom, Binafsha atri
-
Maston ilang-bilang yoʻlni qoldirib, moʻljallangan tepalikka qarab tikka yoʻl soldi. A. Qahhor, Maston
4. koʻchma Tap tortmasdan, qoʻrqmasdan; dadil, tik.
-
Betiga tikka aytmoq. Tikka olishmoq.
-
Yovga qarshi tikka bosib borganman. T. Toʻla
-
Nega sen menga tikka gapiradigan boʻlib qolding ? Mirmuhsin, Umid
-
Bu gapni gʻar ham koʻtara olmas, tikka yulishar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
tikka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tepa sochi tikka boʻlmoq
-
Turob-jonning tepa sochi tikka boʻldi: — Hay, sening dimogʻ-firogʻing kimga, xoʻsh, nima deysan? A. Qahhor, Anor
TIKKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИККА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tikka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar