tikla
bilan ulashing
1. Tik, vertikal holatga keltirmoq, tikka qilmoq, tikka qilib qoʻymoq.
-
Yiqilgan gʻoʻza tuplarini tiklamoq.
-
Joʻraposhsho pastga tushib, shotini tiklab qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sulton boʻzchi kamon singari egilgan qaddini tiklab, bazoʻr oʻrnidan turdi. N. Safarov, Sulton boʻzchining nevaralari
2. Qurmoq, bino qilmoq, bunyod etmoq.
-
Utgan yilning bahorida mana shu joyni tiklab oldim. M. Abdulla, Kutilmagan mehmon
-
Qurilish maydonida ish jadal Birov palatka tiklayapti, ikkinchi bir kishi chizmalarga belgilar qoʻyyapti. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Birgalashib choʻlda birinchi oq uyni tiklaganmiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. Yoʻq boʻlgan, ishdan chiqqan, xarob boʻlgan va shu kabilar narsalarni bor qilmoq, asl holiga keltirmoq.
-
Arxitektura yodgorliklarini tiklamoq. Xoʻjalikni tiklamoq.
-
Vodokachkani tiklagani gʻisht, qum tashish kerak boʻlganida, otining tuyogʻiga mix qoqib, oqsatib qoʻygan kim edi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Xoʻjalik rahbarlarining ishiga — mehnat ahlining salomatligini tiklash haqida qilayotgan gʻamxoʻrliklariga qarab baho berilmoqda. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Sex qoloqlikdan chiqib, avvalgi shuhratini yana tikladi. Gazetadan
-
Bois Ergashev radiostansiyani qayiqqa ortib, uzilib qolgan aloqani tikladi. N. Safarov, Olovli izlar
4. Unutilgan, esdan chiqib ketgan narsalarni yuzaga keltirmoq; bekor qilingan, rad etilgan narsalarni qayta joriy qilmoq, qaytarib bermoq.
-
Aloqa-munosabatlarni tiklamoq. Huquqini tiklamoq.
-
Umid eslab-eslab, keyinchalik ona allasining deyarli hammasini tiklab oldi. Mirmuhsin, Umid
5. Qayta oʻz oʻrniga, ishiga qoʻymoq.
-
Direktor nohaq ishdan boʻshatilganlarni yana tikladi.
6. sheva Boshini koʻtargan holda tik qaramoq.
-
Tersak damini ichiga olib, tishini tishiga qoʻyib, kiprigini qoqmay tiklab qoldi. Ravshan
-
Hech nimaman ishi boʻlmay, Hamma angrayib tiklab qolgan. Murodxon
TIKLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИКЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tikla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar