telefon
bilan ulashing
1. Uzoqdan turib soʻzlashishga, ovoz, nutqni masofaga uzatishga xizmat qiladigan elektr aloqa qurilmasi va uning signal qoʻngʻirogʻi hamda gaplashish trubkasi boʻlgan apparati.
-
Telefonda (telefon orqali) gaplashmoq. Telefon bilan xabar qilmoq. Telefon stansiyasi.
-
Telefon jiringladi. Sulaymonov trubkani oldi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
-
Kitob mutolaa qilib oʻtirgan Normurod bir sapchib tushdi-yu, qoʻrqa-pisa telefonga qoʻl choʻzdi. O. Yoqubov, Diyonat
2. Telefon aloqaning qisqa nomi.
-
Baʼzi gazeta xodimlari materiallarni telefon orqali oladilar. Mushtum
telefon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Telefon qilmoq (yoki qoqmoq)
-
[Xumorxon:] Ha, aytganday, kimdir telefon qilib, sizni soʻragan edi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Murodova Karimovga, Qosimov esa boshqarmaga telefon qoqa boshladilar. I. Rahim, Ixlos
TELEFON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЛЕФОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
telefon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar