sho‘ng‘i
bilan ulashing
1. Suv yoki boshqa bir suyuqlik ichiga kirib botib ketmoq; choʻmmoq.
-
Bir shoʻngʻib chiqmoq. Shoshgan oʻrdak ham boshi bilan, ham keti bilan shoʻngʻiydi. Maqol
-
Suvonjon tol tagidagi kamarga shoʻngʻib ketardi-da, anchadan keyin qoʻlida baliq bilan chiqib kelardi. S. Anorboyev, Oq-soy
-
Undagi [hovuzdagi]
-
zogʻora baliq, choʻrtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib, tashlangan nonlarni yer, goh biltanglab oʻynab, shoʻngʻib ketardi. J. Sharipov, Xorazm
2. koʻchma Biror narsa orasiga kirib, berkinib, koʻzdan gʻoyib boʻlmoq, koʻrinmay ketmoq, kirib ketmoq; yashirinmoq.
-
Qorongʻilikka shoʻngʻimoq.
-
Boʻron va toʻs-toʻpolonda zaxa yegan oy orqadan yetib kelgan tuyadek kattakon bulut tagiga shoʻngʻidi. O. Yoqubov, Larza
-
Ahmad Husayn bozorga shoʻngʻib ketdi. Oybek, Nur qidirib
3. Katta tezlik bilan pastga qarab otilmoq, nihoyatda tezlik bilan yerga tomon uchmoq.
-
Burgut birdan pastga qarab shoʻngʻidi.
-
Samolyotlar qora boʻronday tepada gir aylanib, ajalkor qoida va tartib bilan shoʻngʻiydilar. Oybek, Quyosh qoraymas
4. koʻchma Oʻy, xayol, qaygʻu kabi hissiyotlarga qattiq berilmoq, choʻmmoq.
-
Shu chogʻgacha moʻltayib, xayol ichiga shoʻngʻib oʻtirgan Kumushbibi bir seskandi-da, qoʻshiqchi qizlarga qaradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻzimcha necha xil narsalarni bichib-toʻqiyman, allaqanday vahimalarga shoʻngʻiyman. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
5. koʻchma Ish-harakatga, mashgʻulotga kat-tik kirishib ketmoq, berilmoq.
-
Hakimjon hech kimning soʻzi, taklifini kutib turmasdan, avvalgidek ishga shoʻngʻidi-ketdi. S. Zunnunova, Olov
-
Oʻrtaga chamadon qoʻyib, oʻyinga shoʻngʻib ketdilar. Shuhrat, Shinelli yillar
SHO‘NG‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЎНҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sho‘ng‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar