bo‘yla
bilan ulashing
1. Oʻz boʻyi bilan oʻlchamoq.
-
Suvni boʻylamoq.
-
Oʻlan esga kelmaydi, oʻylasam; Qorasuv boʻy bermaydi, boʻylasam. Oq olma, qizil olma
-
Yor vaʼdasi qiyin ekan, doʻstlarim, Daryoga tashladim, boʻyim boʻylamay. Qoʻshiqlar
2. Boʻynini choʻzib qaramoq; intilmoq.
-
Hamsoyamiz Qulmat polvon bozorlab keldi. Devordan boʻylab, narx-navoni soʻradim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Qizchadan negadir darak yoʻq. Sadbarxon ayvondan oʻsha tomonga boʻylab qoʻyardi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Nigora dadasining yoniga borib, sekin gazetaga boʻyladi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Oʻzing yashayotgan chamanzordan turib, olisdagi, endi senga begona boʻstonga boʻylaysan. Yoshlik
3. Suv, yoʻl va shu kabilarni yoqalab bormoq.
-
Yoʻl boʻylab bormoq. Ariq boʻylab yurmoq.
-
Yuring, oʻrtoq, oʻynaylik, daryolarni boʻylaylik. Qoʻshiqlar
-
Dunyodagi eng maroqli sayr bolalik yillarini oʻtkazgan koʻchalar boʻylab sayr etish boʻlsa kerak. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Yoʻlchi savatni kaftida tutib, Kalkovuz suvini boʻylab, Taxtapul guzariga chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
BO‘YLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘yla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar