bo‘yoq
bilan ulashing
1. Boʻyash, rang berish uchun ishlatiladigan modda; narsalarga surtilgan shunday modda qatlami.
-
Akvarel boʻyoq. Moy boʻyoq. Koʻk boʻyoq. Boʻyogʻi koʻchgan idish. Boʻyoqning yaxshisi — boʻzchining boyligi. Maqol
-
Toʻrt qadam yurib, sutrang boʻyoqqa boʻyalgan eshik oldiga bordi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Hozirgacha ishlatilib kelingan organik boʻyoqlar oʻrniga tabiiy boʻyoqlardan foydalanish mumkin. Fan va turmush
-
Ochiq platformalarda zangor boʻyoqlari yarqirab tanklar turardi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Nutqni bezovchi badiiy tasvir vositalari.
-
Gapga boʻyoq bermoq.
-
Bu sheʼrlarda tabiat yorqin boʻyoqlarda mohirlik bilan chizib berilgan. Gazetadan
-
Navoiy yil fasllarining jonli manzaralarini yaratadi, ularni chizish davomida alohida boʻyoqlar qidirardi. Gazetadan
3. Lab boʻyogʻi, pomada.
-
Qiz qoshlariga oro berishni tugatib, endi lablariga boʻyoq surtayotgan ekan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
bo‘yoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻlar ish boʻldi, boʻyogʻi sindi
-
— Ke, qoʻy, Qarshivoy! Oʻtgan gapga salovat. Boʻlar ish boʻldi, boʻyogʻi sindi, — dedi Haqqul ota qoʻl siltab. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar
BO‘YOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘yoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar