yasha
bilan ulashing
1. Maʼlum muddat umr koʻrmoq; hayot kechirmoq; tirik yurmoq.
-
Koʻp yashagan bilmas, Koʻpni koʻrgan bilar. Maqol
-
Mallaxondan beri yashayman, bolam, ne-ne xonlarning, ne-ne beklarning otlarini koʻrganman. Ne-ne otlar oʻz qoʻlimdan ham oʻtgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gʻulomjon bu keksa dunyoda juda kam yashagan boʻlsa ham, boshidan juda koʻp uqubatlar kechirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Biror yoʻsinda hayot kechirmoq, biror tarzda tirikchilik oʻtkazmoq; umrguzaronlik qilmoq.
-
Azobda yashamoq. Yolgʻiz yashamoq. Ota-onasiz yashamoq. Rohatlanib yashamoq. Tutqunlikda yashamoq. Qul boʻlib yashamoq. Tiz choʻkib yashaguncha, tik turib oʻlgan yaxshi. Maqol
-
Masalan, togʻlardagi ohular, oʻrmondagi toʻtilar, chamandagi bulbullar ham yolgʻiz emas, juft yashaydilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Sodiqlar oʻz ovqatlarini ham oʻtkazolmagan holda faqirlikda yashab, yil sayin menga oz-moz yerlaridan sotib, tiriklik qilar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Hayotini biror joyda oʻtkazmoq; biror joyda istiqomat qilmoq, turmoq.
-
Shaharda yashamoq. Qishloqda yashamoq. Musofirchilikda yashamoq. Chet elda yashamoq.
-
Mana hozir uch kundan beri bu yerda, opasining bogʻida yashaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shu qishloqlarda, qoʻrgʻonchalarda odam yashaganligi, xursandchilik, toʻy-tomosha qilganligi uzoq oʻtmish toʻgʻrisidagi ertakday tuyilar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
[Abdishukur] Bu yerda bir tatar savdogarning xizmatiga oʻtib, Qozonga ketdi. Qozonda uch yil yashadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Biror kimsa bilan bir joyda birga (yaqini, qarindoshi, eri yoki xotini sifatida) istiqomat qilmoq.
-
Men bilan yashaydigan kampir bozorchi xotin edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Biz ikkov yoshlikdan birga yashab kelamiz, oramizda maxfiy sirlarimiz yoʻq. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Mana, uch oyga yaqindir, Nurinisa oʻzi koʻrmagan, bilmagan, hatto ismini toʻy arafasida kelinoyisidan eshitgan eri bilan yashaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Mavjud boʻlib turmoq, bor boʻlmoq, saqlanmoq.
-
Mangu yashar shuhratimiz-shonimiz.
-
Bir necha yuz yillardan beri yashab, favqulodda zoʻrayib ketgan Xoʻja Maʼoz mozorining chakalagi bu qorongʻilikka bir manba kabi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gʻazab ichra oʻrtab insonni, Qirgʻogʻiga toʻkilgan qonni Yuvolmaydi! Yashaydi bu qon, Unutilmas bu kurash, qurbon. E. Rahim
YASHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yasha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar