yag‘rin
bilan ulashing
1. Tananing ikki yelka oraligʻidagi orqa qismi; kurak usti.
-
Yagʻrini keng yigit.
-
Karavot chetiga oʻtirib kiyindi, koridorda qizarguncha yuvindi, hoʻl sochiq bilan koʻkrak, boʻyin va yagʻrinlarini obdan ishqalab, qonini betga teptirdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Kun qiziq. Oftob yagʻrindan urib turadi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
2. Hayvonlarda belning yuqori qismi, ikki yelka oraligʻi.
-
Ot yagʻrinini talayotgan chivinlarni dumi bilan toʻzitib yuborar. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
yag‘rin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yagʻriniga oftob tegmoq
-
— E, xotin, mana bizning ham qoʻlimiz uzun boʻlib qoldi. Oshigʻimiz olchi. Peshonamiz yaltirab, yagʻrinimizga oftob tegadigan boʻldi, — dedi Ostonaqul. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
YAG‘RIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯҒРИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yag‘rin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar