yag‘ir
bilan ulashing
1. Ot, eshak, tuya singari hayvonlar ustida terining ogʻir yukdan ezilishi, ishqalanishi tufayli yuz beradigan yiringli yara, jarohat.
-
Yoli quyuq eshakdan, yagʻir boʻlgan ot yaxshi. Maqol
-
Tuya qancha katta boʻlsa, yagʻiri ham shuncha katta. Maqol
-
Yoʻngʻichqapoyalarga qoʻyib yuborilgan eshaklarning yagʻirlarini qargʻalar choʻqimoqda. S. Ayniy, Qullar
2. koʻchma Ogʻir yuk yoki zarba tufayli kishi yelkasida hosil boʻlgan jarohat, yara.
-
Yagʻir etdi arqon yelkamni, Badan kuyib, tosh boʻldi tovon. E. Rahim
-
Ogʻir yukda yagʻir boʻldi Oppoq, nozik yelkalar. Hamza. -Husan
-
moʻmin, qobil bola. Yelkasi Samsoqboyning qamchisidan yagʻir boʻlgan, — dedi Arslonqul. B. Rahmonov, Mardlar qissasi
3. koʻchma Juda iflos, isqirt (ust-bosh haqida).
-
Toʻpping muncha yagʻir boʻlib ketibdi.
-
— Yagʻir yostigʻingizni yerga qoʻying, — dedi Xolniso, — baytalmonni muncha quchoqlaysiz. Mirmuhsin, Chiniqish
yag‘ir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yagʻiri chiqmoq
-
— Voy-boʻ, — dedi Umidning keng koʻksidagi yoliga, kiftlariga yalt etib qarab qoʻygan Janna, — maykangizning yagʻiri chiqib ketibdi. Mirmuhsin, Umid
-
kecha-kunduz ishlashing, ishlaganda ham yelkangning yagʻiri chiqib ishlashing kerak boʻladi. Yo. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
YAG‘IR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯҒИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yag‘ir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar