yashil
bilan ulashing
1. Sariq bilan koʻk rang oʻrtaligidagi, barg yoki maysa rangiga ega boʻlgan rang.
-
Yashil bargli oʻsimliklar. Yashil parda. Yashil boʻyoq.
-
Chap tomonda togʻ etaklari, oʻng tomonda yashil paxtazor, oʻrtada qishloq. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Boshidagi yashil roʻmoli qorachadan kelgan yuzini boʻgʻibroq qoʻygan boʻlsa ham, oʻziga xoʻp yarashgan A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Erkin qushlar daraxtlarning quyuq yashili ichidan jonli naylarini tinlikka qoʻyardi. Oybek, Navoiy
2. Yashil rangli yosh maysalar va oʻsimliklar bilan qoplangan.
-
Yashil vodiy. Yashil dala. Yashil qirlar.
-
Oʻngroqda, yashil tepa ustida qoʻylar, qoʻzilar, echkilar oʻtlab yuribdi. H. Gʻulom, Mashʼal
YASHIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯШИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yashil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar