yashir
bilan ulashing
1. Birov bilmaydigan, koʻrmaydigan yoki topa olmaydigan joyga qoʻymoq, berkitib qoʻymoq.
-
Kalitni yashirmoq. Pulni yashirmoq.
-
Yoʻlchi uchun keltirilgan tugunchak yodiga tushdi. Uni paranjiga oʻrab, taxmonning burchagiga yashirib qoʻygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Odamlar molini yashirsa, biz mana, koʻrib turibsizlar, bir dona gugurt choʻpini ham ostonadan tashqariga chiqarmadik. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qushbegi javob berish oʻrniga, maktubni olib, koʻrpacha ostiga yashirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Koʻrinmaydigan holatga olmoq; pana qilmoq, berkitmoq.
-
Birovdan yuzini yashirmoq. Roʻmol uchi bilan ogʻzini yashirmoq. Bir qoʻlini orqasiga yashirmoq.
-
Raʼno oʻziga qarab kelguvchi Anvarga yer ostidan kulumsirab olgach, bir oz koʻrinib turgan oyoq uchlarini sariq atlas koʻylagi bilan yashirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Yashiray deb koʻz-da yoshini, Quchib oldi qizning boshini. E. Raxim
-
Ellikboshi olomonga qayrilib, bir qoʻli bilan shish koʻzlarini yashirgan holda, ikkinchi qoʻlini musht qilib, doʻq urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Maxfiy saqlamoq, sir tutmoq.
-
Ismini yashirmoq. Maqsadini yashirmoq. Sevgisini yashirmoq. Gʻazabini yashirmoq. Sirini yashirmoq.
-
Ular har ikkovlari ham hayajonlarini yashira olmay, bir-birlariga tikilib qolishdi. M. Jaloliddinova, Keyinroq
-
Jonfigʻon buni [ishlamasligini], albatta, talay vaqtgacha xotinidan yashirib yuribdi. A. Qahhor, Jonfigʻon
-
Kasalingni yashirsang, oʻrtoqjon, isitmasi oshkor qiladi. N. Safarov, Hayot maktabi
YASHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯШИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yashir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar